Yil boshidan buyon 15 nafar ayol 50 yoshdan keyin ona bo‘ldi

младенец
Фото: canva.com

Adliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning uchinchi choragida 30 yoshgacha boʻlgan fuqarolar oʻrtasida 149 814 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, ularning aksariyati Samarqand viloyatiga toʻgʻri keladi. 50 yoshdan oshgan fuqarolar oʻrtasida 998 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, eng koʻp Toshkent shahrida.

104 ming 509 nafar ayol 20 yoshgacha, 4 ming 497 nafar ayol 40 yoshdan keyin, 58 nafari 45 yoshdan keyin, 15 nafari 50 yoshdan keyin ona bo‘ldi. Erkaklar orasida 439 nafari 60 yoshdan keyin, 33 nafari 70 yoshdan keyin va 15 nafari 50 yoshdan keyin ota bo‘ldi.

Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida (82 808 ta), eng kami Sirdaryo viloyatida (16 577) qayd etilgan. Bu davrda 17106 ta egizak tugʻilgan boʻlib, ularning aksariyati Fargʻona viloyatida (2063 ta).

Shuningdek, o‘tgan yili o‘rtacha nikoh yoshi ayollarda 22, erkaklarda 26 yosh bo‘lgani xabar qilingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.