15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi

Фото: Olympic.uz

Hozirgina para yengil atletika bo‘yicha ayollar o’rtasida F46 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi. Quvonarlisi, ushbu yo‘nalishda yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahina Yigitaliyeva 43.12 metr natija bilan delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni taqdim etdi.

Qayd etish lozimki, Shahina Yigitaliyeva delegatsiyamiz tarkibidagi eng yosh sportchi hisoblanadi. Iste’dodli para atletimiz 2008-yil 16-oktyabrda tavallud topgan.

Afsuski, ushbu yo’nalishda qatnashgan yana bir vakilimiz Roziya Ergasheva 35.98 metr natija bilan 9-o’rinni egalladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.