Peterburgda o‘zbekistonlik fuqaro qizlarning yubkasi ostini foto va videoga olgan hamda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan

Фото: Не молчи

O‘quvchi qiz metroda shilqimlik haqida shikoyat qilganidan so‘ng qo‘lga olingan 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosining telefonidan “jinsiy og‘ishlar borligini ko‘rsatuvchi” fotosuratlar topildi, deya xabar beradi Tergov qo‘mitasining Peterburg Bosh tergov boshqarmasi.

“Fontanka”ning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘z erkakning jamoat joylarida olgan fotosuratlari va videolari haqida bormoqda. U telefonni pastga tushirib, ayollar va qizlarning yubkalari ostini tasvirga olgan. Bu jinsiy fetishizmning bir turi bo‘lib, u “apskyort” deyiladi. Ingliz tilidan  “yubka ostiga qarash” deb tarjima qilinadi.

Tergov organlari ota-onalarni farzandlariga hibsga olingan shaxsning suratini ko‘rsatishni so‘ramoqda, chunki hozirda uning jinoiy faoliyatining qo‘shimcha epizodlari aniqlanyapti. Uning o‘zi qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

“Ne molchi” loyihasi Buyuk Britaniyada 2019-yildan beri apskyorting jinoiy huquqbuzarlik hisoblanib, ikki yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanadi. Ushbu qonun bo‘yicha birinchi hukm 2021-yilda chiqarilgan. Hozirda Avstraliya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ham apskyorting jinoyat deb hisoblanadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.