175 000 AQSH dollariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishni va’da qilib, aldagan shaxs qo’lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.M., F.T. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Yangihayot tumani hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 7 sotix yer maydonini fuqaro T.M.ga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida 175 000 AQSH dollari evaziga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishlarini va’da qilib, oldindan 25 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.U. Jarqo‘rg‘on tumani “O‘zbekiston” MFY hududidagi tuman hokimligi zaxirasidagi 60 sotix yer maydonini fuqaro S.A.ga 300 mln so‘mga sotishga kelishib, keyinchalik kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, 65 mln so‘m va 18 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar