“Buxoro aeroporti”da 263 dona qadimiy tangalarni Turkiyaga olib chiqib ketayotgan shaxs ushlandi
Ma’lum qilinishicha, “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Buxoro-Istanbul” yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketish arafasidagi yo‘lovchi tegishli bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Oqibatda ushbu fuqaro o‘zining qo‘l yuklari orasiga berkitgan holda qadimiy tangalarni olib chiqishga urinayotganligi aniqlangan.
Qayd etilishishicha, mazkur 263 dona qadimiy tangalarning bir qismi dastlabki tahlillarga ko‘ra, bundan 500 yil muqaddam zarb etilgan bo‘lishi mumkin.
“Hozirda mazkur numizmatika buyumlarining qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza tayinlangan bo‘lib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”,- deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, zarb etilganligiga 50 yildan oshgan numizmatika buyumlarini yurtimiz hududidan olib chiqib ketish taqiqlanadi.
Sharhlar