2023-yilda 17 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan
AQSH Kongressining Montana shtatidan senatori Stiv Deyns matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, 2023-yilda 50 mingdan ortiq markaziy osiyolik AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan.
AQSHda boshpana taqdim etish haqidagi sud eshituvlarini kuzatib boruvchi Transaksiyalar qaydlarini tahlil qilish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kun holatiga shunday masalalar bo‘yicha sud ishlarini kamida 40 ming nafar Markaziy Osiyo fuqarosi kutmoqda. Shularning 17 ming nafari — O‘zbekiston, 7 mingi — Qirg‘iziston, 3 mingi — Tojikiston, 2,7 mingi — Qozog‘iston, 2 mingi — Turkmaniston fuqarolaridir.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda Jo Bayden hokimiyat tepasiga kelganidan buyon 7,3 milliondan ziyod muhojirlar AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan.
Sharhlar