18-avgust kuni O‘zbekistonda havo harorati 37 darajagacha pasayadi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 18-avgust kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G’arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-21, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G’arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G’arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 30-35, ayrim joylarda 37 darajagacha issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G’arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G’arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
18-19-avgust kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Sharhlar