18 yoshli yigit 8 ming metrdan baland bo’lgan 14 ta cho’qqini zabt etdi
Nepallik 18 yoshli Nima Rinji Sherpa balandligi 8 ming metrdan baland 14 ta cho‘qqining barchasini zabt etgan eng yosh alpinistga aylandi.
Yosh alpinist Tibetdagi Shisha Pangma tog‘ini zabt etish bilan dunyoning eng baland cho‘qqilariga chiqish missiyasini yakunladi.
Sherpa baland cho‘qqilarni zabt etishni 16 yoshida boshlagan bo‘lib, 8 ming metrdan baland tog‘larga chiqishga 740 kun sarflagan. Hozirda ularning oilasi Nepalda baland cho‘qqilarga ekspeditsiyalar tashkil etuvchi sayyohlik kompaniyasini boshqarishmoqda.
“14 ta “sakkiz minglik”ni zabt etish — alpinizmning eng yuqori cho‘qqisidir. O‘smir yuksak marraga yetish uchun uzoq vaqt davomida kislorod yetishmaydigan “o‘lim zonalari”ni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keldi”, – deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida: Nima Rinji Sherpa bunga qadar ham qator rekordlarni o‘rnatgan. Jumladan, u Himolayning G1 va G2, Kashmirdagi Nangaparbat, Lxotsze, Kanchenjangu cho‘qqilarini zabt etgan. 2022-yil 30-sentabr kuni u dunyoda balandligi bo‘yicha sakkizinchi o‘rinda turadigan Nepaldagi Manaslu tog‘iga ko‘tarilgan.
Sharhlar