Bank xavfsizlik xizmati xodimining o’zi firibgar ekan

Foto: cyber.uz

Toshkent viloyati yashovchi 38 yoshli (ayol) M.G‘. IIOga murojaat qilib, noma’lum sabablarga ko‘ra 15 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi U.R. ismli shaxs sodir etganligi aniqlangan

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan U.R., jabrlanuvchi (ayol) M.G‘.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini “Bank xavfsizlik xizmati xodimi” sifatida tanishtirib, “SMS” xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, uning hisobida bo‘lgan 15 mln. so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan U.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.