Jahongir Otajonov avtomobilida 195 km tezlikda harakatlangani uchun jarimaga tortildi (video)
Qo‘shiqchi Jahongir Otajon Zeekr avtomobilida soatiga 195 km tezlikda harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar bermoqda.
U yuqori tezlikda harakatlanib, ushbu holatni tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqqa joylagan edi. Xonandaga tezlikni oshirgani va harakat vaqtida telefondan foydalangani uchun jarima jazosi belgilangan.
Unga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 75-bandi (harakat davomida tezlikni me’yordan oshirganlik) va 12-bandi (uyali aloqa telefonidan foydalanaganlik) da nazarda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etgani uchun tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. BHMning 9 baravari (3,4 million so‘m) miqdorida jarima solindi.
Sharhlar