Maktab o’quvchisini samosud qilgan shaxs bir yarim yilga qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktab bolasi samosud qilindi” sarlavhasi ostida xabar tarqalgan va joriy yilning 16-may kuni Pastdarg‘om tumani IIB ga 2009-yilda tug‘ilgan B.S. (o‘g‘il bola) tan jarohati olganligi to‘g‘risida uning onasi J.I. dan ariza kelib tushgan edi.
Tergovda voyaga yetmagan B.S. 9-sinfida ta’lim olishi, u o’zi o’qiydigan maktabning 6-sinf o‘quvchisi Q.A. (qiz) ga sevishini aytganligi, so‘ng Q.A. ning akasi, A.Q. holatdan xabar topib, 15-may kuni B.S. ni o‘z uyining ichki tomoniga olib kirib, unga tan jarohati yetkazganligi ma’lum bo’lgan. Shuningdek, A.Q. B.S.ning ta’zirini berish maqsadida uning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan.
Mazkur voqea yuzasidan 19-may kuni Pastdarg‘om tumani IIB TB tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
29-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudida mazkur bolaga zo‘ravonlik holatiga oid jinoyat ishi sud muhokamasi ko‘rib chiqilib, A.Q. aybdor deb topilib, unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sharhlar