2,2 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga chiqqan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-may oylarida qariyb 2,2 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan, deb yozmoqda agentlik matbuot xizmati.
“Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 569,2 ming nafarga yoki 35,5 % ga oshgan”, – deyiladi xabarda.
Joriy yilning 5 oyida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni:
Qirg‘iz Respublikasi – 995,3 ming nafar;
Tojikiston – 449,8 ming nafar;
Qozog‘iston – 322,5 ming nafar;
Saudiya Arabistoni – 100,2 ming nafar;
Rossiya – 86,5 ming nafar;
Turkiya – 63,9 ming nafar;
BAA – 55,7 ming nafar;
Quvayt – 16,5 ming nafar;
Misr – 13,5 ming nafar;
Janubiy Koreya – 8,3 ming nafar;
Boshqa davlatlar – 59,5 ming nafar.
Sharhlar