Samarqandda Lacetti mototsiklni urib yubordi. 2 kishi halok bo‘ldi
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida Lacetti va motosikl ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Hudud” axborot dasturida xabar berildi.
Voqea tumanning Odil mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Tezlikni me’yoridan oshirgan Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishda o‘z yo‘lidan yurib kelayotgan motosikl bilan to‘qnashgan. Oqibatda motosikl haydovchisi va uning 13 yoshli qiz farzandi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Lacetti haydovchisi hozirda Ishtixon tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlanmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar