2 nafar fuqarolar noqonuniy dorilarni tanasiga skotchlab olib o’tmoqchi bo’ldi
O’zbekistonga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan 2 nafar fuqarolarning xatti-harakatlarida shubha paydo bo‘lganligi sababli, bojxona xodimi tomonidan xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va ularning bel va oyoq qismlariga skotch bilan o‘rab yashirilgan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan qiymati 15 mln so‘mlik jami 724 dona har xil turdagi dori vositalarini olib o’tayotganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Ulashish:
Sharhlar