Ozodbek Nazarbekovga “Qirg‘iziston xalq artisti” unvoni berildi
Avvalroq, “Qirg‘iz Respublikasining madaniyat va san’at sohalari vakillaridan bir guruhiga faxriy unvonlar berish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilinganligi haqida xabar bergan edik.
Bunga javob sifatida Sadir Japarov 5-sentabr kuni imzolagan farmon bilan O‘zbekistondan ikki nafar madaniyat va san’at sohasidagi vakilga fahriy unvon berildi:
- O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga — “Qirg‘iziston xalq artisti” faxriy unvoni;
- Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “An’anaviy maqom ijrochiligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Farangiz Mahmudovaga — “Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni.
Hujjatda aytilishicha, ushbu unvonlar Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida madaniyat va sanʼat sohasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun berildi.
Ulashish:
Sharhlar