2 nafar sportchi final bahslarida ishtirok etishdi

Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida T36 klassida 400 metr masofaga yugurish bahslari o‘z yakuniga yetdi. Ushbu yo‘nalishda qatnashgan hamyurtimiz Izzat Turg‘unov 1 daqiqa 04.31 soniya natija qayd etib, 7-o‘rinni egalladi.

Bu ko’rsatgich sportchining ushbu yo’nalishdagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

Shuningdek, para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F56 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan vakilimiz Nataliya Semyonova final bosqichida 16.96 metr natija ko‘rsatib musobaqani 9-o’rinda yakunladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.