2 ta sportchimiz Paralimpiya o‘yinlarini g‘alaba bilan boshladi
Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J1 klassida -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shoxrux Mamedov dastlabki bosqichda qirg‘izistonlik Mamatibraim Suranovga qarshi kurashdi va 10:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shuningdek, erkaklar o‘rtasida J2 klassida -73 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan hamyurtimiz Uchqun Quronboyev esa Germaniya vakili Nikolay Kornxassni 10:0 hisobida yengdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Endi Shoxrux Mamedov chorak finalda ruminiyalik Florian Bologaga qarshi, Uchqun Quronboyev esa fransiyalik Natan Petitga qarshi bahs olib boradi.
Avvalroq, bugun 22 nafar o‘zbekistonlik sportchi Paralimpiya bellashuvlarida qatnashishi haqisa xabar bergan edik.
Sharhlar