“II Xalqaro maqom san’ati anjumani” boshlanish arafasida
“II Xalqaro maqom san’ati anjumani”ga 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ziyod qatnashchi ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Madaniyat vazirligi boshqarma boshlig‘i Bahrom Usmonov ma’lum qildi.
Shunga ko‘ra, joriy yilning 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNЕSKO va AYSЕSKO shafeligi ostida “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” o‘tkazilishiga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borildi.
“Zominsoy majumasi hududida anjuman doirasida hududlarning o‘ziga xos madaniyati va san’atini namoyish etish uchun Respublikamizning 14 ta hududi o‘z pavilonlarini tashkil etdi”, – deyiladi xabarda.
“II Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Anjuman doirasidagi xalqaro tanlov hakamlar hay’ati a’zoligiga AQSH, Ozarbayjon, Misr, Turkiya, Hindistondan hakamlar ro‘yxati shakllantirildi.
Xalqaro xay’at tomonidan ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari uchta nominatsiya bo‘yicha:
⏺“Eng yaxshi maqom ansambli”
⏺“Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi”
⏺“Eng yaxshi yakkaxon xonanda” bo‘yicha baholanadi.
“II Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuyetka va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Sharhlar