20 yoshli bola qilgan jinoyati uchun 5 yildan 8 yilgacha qamalishi mumkin

Foto: Kiberxavfsizlik

Andijon viloyatida yashovchi 46 yoshli I.Sh. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatidada yashovchi 20 yoshli X.D. sodir etganligi aniqlandi.

X.D. internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali yolg‘on e’lonlar ostida soxta dastur, havola jo‘natib, bu e’longa ishongan jabrlanuvchi I.Sh.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan X.D.ga nisbatan  Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.