2023-yil ayollarga nisbatan zoʻravonlik boʻyicha 3 mingga yaqin jinoyat ishi ochilgan
Oʻzbekistonda ayollarga nisbatan zoʻravonlik boʻyicha 2023-yilning oʻzida 3 mingga yaqin jinoyat ishi ochilgan.
Mamlakatda 2023-yil 11-aprelda Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib ayollar va bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilgan edi.
Mazkur qonun kuchga kirganidan soʻng, 2023-yilning oʻzida 2638 ta jinoyat ishi hamda 10091 ta maʼmuriy huquqbuzarlik ishi koʻrib chiqilgan. Buning doirasida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan 4343 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning 2344 nafariga jarima, 1999 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.
Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan esa 134 kishi sudlanib, ularning 51 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 83 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.
Shuningdek, 2024-yilning oʻtgan 6 oyi davomida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasi bilan shahvoniy shilqimlik qilishda ayblangan 318 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Sharhlar