2025-yil sentabrgacha Dushanbedagi barcha taksilar – elektromobillarga o‘tadi
Dushanbeda yoʻlovchi tashish (taksi) ni taʼminlovchi kompaniyalar 2025-yil 1-sentabrgacha toʻliq elektr transportiga oʻtishi kerak, deb yozadi Asia Plus.
Poytaxt maʼmuriyati matbuot xizmati xabariga koʻra, tegishli qarorni Dushanbe meri imzolagan.
Qaror Tojikistonda 2023-2028-yillarda elektr transportini rivojlantirish Davlat dasturi va 2023-2026-yillarda poytaxt yoʻlovchi transporti elektr tizimiga oʻtish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida qabul qilingan.
Xabarda boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Ulashish:
Sharhlar