2026-yilda O‘zbekistonda oltinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari o‘tkaziladi
Oltinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari 2026-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi.
Respublika Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari Edil Baysalov Qirg‘iziston terma jamoasining 2024-yil 8-14 sentyabr kunlari Astana shahrida bo‘lib o‘tadigan beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorgarligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Mutasaddilar sportchilarning tayyorgarligini ta’minlash va boshqa tashkiliy masalalarni, jumladan, o‘yinlarni translyatsiya qilish, shuningdek, an’anaviy “Salburun” festivalida ishtirok etish uchun noyob hayvonlar va qushlarni olib chiqish uchun ruxsatnomalar berish masalalarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, rasmiylar 2026-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan oltinchi Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilishdi.
Sharhlar