22-iyun kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi
Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 22-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchobilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi, kunning ikkinchi yarmida shamolning tezligi sekundiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat Navoiy viloyatining shimolida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-30 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
21-24-iyun kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Sharhlar