22-sentabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 22-sentabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.