26,9 ming nafar fuqarolar qarzdorligi tufayli suv ta’minotidan uzilgan
Respublika bo‘yicha 26,9 ming nafar jismoniy va yuridik iste’molchi qarzdorligi uchun suv ta’minoti tarmog‘idan uzilgan. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.
Joriy yilda “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy suv ta’minoti korxonalari hamda nazorat organlari bilan hamkorlikda suv ta’minoti va oqova suv tizimlariga 8 500 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi. Bunda eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Farg‘ona viloyatida – 1 500 ta;
Toshkent shahrida –1 400 ta;
Sirdaryo viloyatida –1 400 ta.
Mazkur qonunbuzarliklar tufayli jamiyat manfaatlariga jami 75,7 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Hisobot davri davomida suv ta’minoti tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari bo‘yicha 139,3 ming nafar iste’molchidan jami 421 milliard so‘mlik mablag‘ni undirish maqsadida fuqarolik va iqtisodiy sudlarga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.
Kiritilgan ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 68,5 mingta 224 milliard so‘mlik sud qarorlari qabul qilinib, bugungi kunda Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda ijro varaqalari ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Sharhlar