Yil boshidan buyon qariyb 26 ming O‘zbekiston fuqarosi chet elga o‘qishga ketgan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafarga yoki 2,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Tojikiston — 10 701 nafar;
Rossiya — 6 032 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 2 408 nafar;
Turkiya — 1 640 nafar;
Janubiy Koreya — 1 383 nafar;
Qozog‘iston — 1 102 nafar;
Xitoy — 507 nafar;
Buyuk Britaniya — 475 nafar;
AQSh — 355 nafar;
BAA — 238 nafar;
boshqa davlatlar — 974 nafar.
Ulashish:
Sharhlar