27-28-iyun kunlari “Butunjahon yoshlar festivali” o‘tkaziladi
27-28-iyun kunlari Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida tadbirlar o‘tkaziladi. AOKAda Yoshlar ishlari agentligi hamda hududiy hokimlik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilayotgan “Butunjaxon yoshlar festivali” to‘g‘risida ma’lumot berildi.
“Oylik doirasida “mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika” darajasida yoshlar festivallari va forumlari, intellektual tanlovlar, uchrashuvlar, sport musobaqalari va gala konsertlar tashkil etilishi rejalashtirilgan”, – deyilgan uchrashuvda.
Quyida yoshlar oyligi davomida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan barcha tadbirlar bilan batafsil tanishish mumkin:
✅Respublikamizning barcha hududlarida 3-10-iyun kunlari “Tadbirkorlik va kasb-hunar haftaligi”, 12-17-iyun “Ilm-fan va innovatsiyalar haftaligi”, 19-24-iyun “Ta’lim va kitobxonlik haftaligi”, 26-30-iyun kunlari “Madaniyat, san’at va ijod haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-ko‘ngilochar, harbiy-vatanparvarlik tadbirlari tashkil etiladi.
✅ Mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi voleybol, stritbol va kurash musobaqalarining mahalla bosqichlari, “Mushoira”, “Ibrat” va “Zakovat” tanlovlarining sektor bosqichlari, futbol va mini-futbol musobaqalarining tuman (shahar) bosqichlari, yengil atletika, stol tennisi, vorkaut musobaqalari va “Yosh kitobxon oila” tanlovining hududiy bosqichlari, “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning respublika bosqichi o‘tkaziladi.
✅ 10-25-iyun kunlari Respublikaning barcha hududlari hamda 70 ta tuman (shahar)da sayilgohlar, madaniyat va istirohat bog‘larida rassomlar ko‘rgazmalari, mushoira kechalari, intellektual o‘yinlar, turli viktorinalar va gala-konsertlar tashkil etiladi.
✅Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda xo‘jalik birlashmalari xodimlari o‘rtasida “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovi, “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etiladi. Vazirlik va idora rahbarlari, sektor rahbarlari, hokimlar, oliy ta’lim muassasalari rektorlarining yoshlar bilan ochiq muloqotlari tashkil etiladi.
Sharhlar