27-sentabr kuni Oʼzbekistonda havo harorati 26 darajagacha pasayadi

Foto: Depositphotos

Oʼzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 27-sentabr kuni Toshkentda havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik boʼlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15, kunduzi 23-25 daraja iliq boʼladi.

Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik boʼlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Аyrim joylarda shamolning tezligi chang-toʼzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq boʼladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik boʼlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi tumanlarda shamolning tezligi chang-toʼzonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq boʼladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik boʼlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Аyrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq boʼladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik boʼlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-toʼzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 23-28 daraja iliq boʼladi.

Аndijon, Namangan va Fargʼona viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʼir yogʼishi mumkin. Gʼarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq boʼladi.

Respublikamizning togʼli hududlarida havo oʼzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʼir yogʼadi. Gʼarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja iliq boʼladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.