29 ta “iPhone”ni noqonuniy olib kirayotgan shaxs qo’lga olindi

Foto: Toshkent aero

“Toshkent-AERO” IBK Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan” Lacetti” rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, mashinaning old qismida 5 dona “iPhone 16 Pro Max”, 7 dona “iPhone 16 Pro”, 8 dona “iPhone 15 Pro Max”, 9 dona “iPhone 15 Pro” rusumli, jami 29 dona bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmagan, muqaddam respublika hududiga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi. Fuqaro mazkur telefonlarni “shartli xaridor”ga sotayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Smartfonlarning umumiy qiymati 400 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.