29 yoshli fuqaro umrbodga qamaldi
Joriy yilning iyul oyida Yangiyo‘l tumanida 1995-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan Z. S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97 (qasddan odam o‘ldirish), 118 (nomusga tegish), 134 (qabrni tahqirlash), 164 (bosqinchilik) va 173 (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, jinoyat ishini birinchi instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlangandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jamoatchilik bilan aloqalar markazining telegram sahifasidagi xabarga ko’ra, bugun Toshkent viloyat sudida Z. S.ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Unda aytilishicha ushbu jinoyat ishi Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi B. Roziqov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq Z. S. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j”, “z”, “i” bandlari, 118-moddasi 1-qismi, 134-moddasi, 164-moddasi 3-qismi “v”, “g” bandlari va 173-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Sharhlar