Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda 3 kishi halok bo‘ldi
Samarqand viloyati IIB xabariga ko‘ra, 2024-yil 29-iyul kuni soat 12:30 larda Samarqand viloyati, Urgut tumani, “Xo‘jaguzar” MFY hududidan o‘tuvchi “Urgut-G’o‘s-Avazmergan” avtomobil yo‘lining 5-km.da 2003-yilda tug‘ilgan Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi “Urgut-G’o‘s” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Hodisa natijasida Damas rusumli avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib hodisa joyida, yana bir yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, yana ikki nafar Damas yo‘lovchilari va Cobalt avtomobili haydovchisi tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Hozirda Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sharhlar