3 yoshli bolani o’ldirgan erkak 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudida 3 yoshli bolani o‘ldirgan shaxsning ishi ko’rildi va u aybdor deb topildi. Unga 24 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, deb xabar berdi Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov.
Erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi (Jinoyatchi ojiz holatda ekanligi ma’lum bo‘lgan shaxsni alohida shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish).
Shuningdek, u 25-97-modda 2-qismining “b”, “d”, “g”, “r” bandlari (Jinoyatchiga homilador ekanligi ma’lum bo‘lgan ayolni qasddan o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rish) bilan hamda 219-moddaning 2-qismi (Davlat vakiliga yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 251-moddasining 1-qism bilan aybdor deb topilgan.
Ma’lumot uchun, erkak 9-iyulga o‘tar kechasi har xil preparatlar ta’sirida 1994-yilda tug‘ilgan sherigining 2021-yilda tug‘ilgan o‘g‘liga hasad qilib, uxlab yotgan bolaning yuziga to’g’ridan-to’g’ri pichoq bilan urib bir necha marta jarohat yetkazgan edi.
Sharhlar