3 yoshli bolani pichoqlab o’ldirgan erkakka hali so’nggi hukm chiqarilmagan

Iyul oyida 31 yoshli erkak ayoli bilan bo’lgan janjaldan keyin, uning 3 yoshli bolasini 12 joyidan pichoqlab o’ldirganligi haqida xabar berilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat bo’yicha erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov bu holat haqiqatga to’g‘ri kelmasligini e’lon qildi.

“Tergov natijasiga ko‘ra, ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o‘ldirish) va boshqa moddalar bilan ayblov e’lon qilinib, 23-oktabr kuni jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi”, – deyiladi xabarda.

Toshkent shahar sudlari axborot xizmatining xabar qilishicha, Jinoyat kodeksining 97, 25,97, 219 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan S. M. (1993-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) ga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudiga joriy yilning 29-oktabr kuni kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda mazmunan ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.