3 yoshli qizaloqqa tajavvus qilingani bo‘yicha rasmiy munosabat
Tarqalgan xabarlar ko’ra, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida zo‘rlik ko‘rsatilgan qiz aslida 4 yosh bo‘lib, mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Joriy yilning 02-oktyabr kuni Yangiyo‘l shaharida yashovchi fuqaro shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda voyaga yetmagan 2020 yilda tug‘ilgan I.M.ga nisbatan noma’lum shaxs g‘ayritabiiy usulda zo‘rlik ishlatganligi haqida ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, gumonlanuvchi shaxs 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro B.D. ekani aniqlangan.
Shuningdek, o‘rganishlar jarayonida gumonlanuvchi B.D.ning yonida 15 gramm giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, uning Yangiyo‘l tumani hududida joylashgan yashash xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilgan.
Natijada xonadon oshxonasidan 20 dan ortiq yelim idishlarda, maydalangan va quruq holdagi “Marixuana” giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirilib olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi 4-qismi va 25/273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro B.D. protsessual tartibida ushlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda axborot berilishini ta’minlanadi.
Sharhlar