30 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Foto: prezident.uz

 

Prezident boshchiligida bo’lib o’tgan yig’ilishda 30 million so‘mgacha garovsiz kredit berilishi ta’kidlandi. Bu Sayxunobod tajribasi asosida amalga oshiriladi va 164 ta qishloq tumanlarining 4 tadan mahallasiga minitexnika beriladi.

“Kim minitraktorda xizmat ko‘rsatsa, o‘zini o‘zi band qilgan bo‘ladi va ularga mamlakatimizda chiqadigan texnika uchun 30 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, “Oilaviy tadbirkorlik” dasturidagi 100 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratilishi ham qayd etildi.

Prezident  xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar ishlatilmasdan yotgani, ayrim hududlar birorta loyiha taklifini bermaganiga ham e’tiroz bildirildi.

Meva-sabzavotni qayta ishlash Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Xorazm, Sirdaryo va Jizzaxda respublika ko‘rsatkichidan pastligi qayd etildi. Angor, Uzun, Hazorasp, Xonqa, Ulug‘nor, Kegeylida birorta meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlari yo‘q, deyiladi.

Mutasaddilarga ushbu mablag‘ni samarali ishlatish bo‘yicha loyihalar portfelini shakllantirib, amaliy ishga o‘tish topshirildi.

Eksport yil davomida bo‘lishi uchun 51 ta tumanda “shok” usulida muzlatish tizimini yaratish rejalashtirilgan edi. Lekin bunday loyihalarni qilaman degan 76 ta tadbirkorning 20 tasiga yer ajratish masalasi hal bo‘lmagan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga keyingi yilda 76 ta shunday loyihani to‘liq ishga tushirish vazifasi yuklatildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.