Shavkat Mirziyoyev Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan medal bilan taqdirlandi

Foto: prezident.uz

Shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro forum yakunida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbariga “Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi” esdalik medalini tantanali ravishda topshirdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kuzatib qo‘ydi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.