Samarqandda Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkilotining 31-sessiyasi o‘tkaziladi

Foto: Journo.com.tr

Joriy yilning 30-sentabr kuni Samarqand shahrida Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti Yevropa mintaqaviy komissiyasining 31-sessiyasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ushbu tadbir doirasida tashkilotning 100 yilligi ham nishonlanadi.

Tadbir Samarqanddagi Silk Road Samarkand majmuasida joylashgan Hilton mehmonxonasining Tashkent zalida soat 10:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.