325,4 mln. so‘mlik elektr energiyasini yashirin ravishda talon-toroj qilgan
Xususan, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi fuqaro E.H. maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasini hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 325,4 mln. so‘mlik elektr energiyasini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.
Holat bo‘yicha E.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Ulashish:
Sharhlar