363 marta qoida buzgan “Spark” xatlandi
Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida IIBB YHXBning qarorlariga asosan, qarzdor A.K.ga nisbatan 363 ijro hujjati bo‘yicha 240 mln. 872 ming so‘m miqdoridagi jarimalarni undirish belgilangan. Qarzdor katta miqdordagi jarimalar borligini bilsa ham jarimalarni to‘lashdan bosh tortib yurgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning nomida bo‘lgan “Spark” rusumli avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan.
Shundan so‘ng, ijro harakatlari davomida, avtotransport vositasi qarzdor tomonidan Sergeli tumanidagi “Toshkent Indeks” bozoriga sotish uchun olib chiqilganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida xatlangan.
Hozirda, “Spark” 363 ta jarimalardan bo‘lgan 240,8 mln. so‘mlik qarzdorlikni qoplash uchun auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Sharhlar