Toshkentda xonadonida 38 kg giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi

Foto: IIV

IIV Tezkor-qidiruv departamenti va Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan poytaxt hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xonadonida katta miqdordagi giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi.

27-sentabr kuni Toshkent shahri Uchtepa tumani Oqmachit mahallasida yashovchi shaxsning xonadoni ko‘zdan kechirildi. 1962-yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan ushbu shaxs yashash xonadonining omborxonasida quritib qo‘yilgan 2 tup 10 kg “Kannabis” giyohvandlik o‘simligi, 13 ta bankada 13 kg, 3 ta korobkada 12 kg 200 gr, 2 qopda 2 kg, qora selofan paketda 700 gr, hamda bir nechta qog‘oz bo‘lagida 200 gr, jami 38 kg 100 gr “marixuna” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Olingan giyohvandlik vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirilib, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 273-moddasi (Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.