398 nafar mansabdor 449 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritayotgani ma’lum bo’ldi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarning birida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari va ularning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 398 nafar boshqaruv xodimi 449 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.
Jumladan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 93 nafar boshqaruv xodimi 112 ta tadbirkorlik subyektida, Suv xo‘jaligi vazirligining 26 nafar boshqaruv xodimi 35 ta tadbirkorlik subyektida hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 279 nafar boshqaruv xodimi 302 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.
Yuqoridagi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha mazkur vazirliklarga Agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga chek qo’yildi.
Sharhlar