Qo‘shni davlat fuqarosi O‘zbekistonga 3 metrlik ilonni yashirincha olib kirmoqchi bo‘ldi
“G’ishtko‘prik” chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan piyodaga tegishli qo‘l sumkasi nazorat-rentgen uskunasi orqali ko‘zdan kechirilganida shubhali holat aniqlandi. Tekshiruv davomida sumka ichida bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan bir bosh ilon borligi aniqlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uzunligi 3 metrga teng bo‘lgan yo‘lbarssimon albinos bo‘g‘ma iloni asosan Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda uchraydi.
Xalqaro Qizil kitobga kiritilgani sababli mazkur jonivorni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda xalqaro CITIES ruxsatnomasi talab etiladi. Ammo, yuqoridagi holatda yo‘lovchi bu kabi hujjatlarni bojxona xodimlariga taqdim qila olmadi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Hozirda ilon Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan bo‘lib, mutaxassislar uning holatini barqaror deb baholashmoqda.
Sharhlar