Jizzaxda to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi
M39 “Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lining Jizzaxdan o‘tgan qismida to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Jizzax viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati.
4-sentabr kuni soat taxminan 17:00 larda Jizzax viloyatining G’allaorol tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 “Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lining 1012 kilometri yo‘lning dovon qismida harakatlanib kelayotgan Gaz-52 yuk avtomashinasi haydovchisi nishablikda boshqaruvni yo‘qotgan.
Oqibatda ushbu yuk avtomashinasi o‘zidan oldinda bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Captiva rusumli transport vositasining orqa chap yon tomonidan va Nexia-3 rusumli transport vositasining orqa tomonidan hamda to‘qnashuv oqibatida Nexia-3 rusumli transport vositasi o‘zidan oldinda bo‘lgan Spark rusumli transport vositasining orqa qismidan urib mazkur yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Mazkur hodisa oqibatida halok bo‘lgan yoki jiddiy tan jarohati olgangan yo‘q, faqat Nexia-3 rusumli transport vositasi yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish va rasmiylashtirish vaqtida mazkur avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgan. Hozirda tirbandlik bartaraf etilib transport vositalarining ravon harakatlanishi tiklangan.
Sharhlar