4 nafar sportchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o’tdi
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shukurjon Aminova ilk bosqichdan muvaffaqiyatli o’tdi. Kot dʼIvuarlik Zuleyxa Dabonne bilan bellashgan Shukurjon Aminova gʻalaba qozonib, ikkinchi davraga yoʻl oldi. Keyingi bosqichda u gruziyalik Eteri Liparteliani bilan bellashadi.
Shuningdek, dzyudo boʻyicha jahon chempionati sovrindori Murodjon Yoʻldoshev (-73 kg) ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida dastlabki gʻalabasiga erishdi. Qozogʻistonlik Daniyar Shamshayev bilan bellashgan Murodjon Yoʻldoshev ajoyib harakatlari evaziga keyingi bosqichga yoʻl oldi. Endi u Jek Yonezuka (AQSH) va Adil Osmanov (Moldova) bahsining gʻolibi bilan bellashadi.
Akademik eshkak eshuvchilar Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev esa yengil vaznli sportchilar ishtirokida kechgan bahsda 4-bo’lib marraga yetib keldi. Shu tariqda, sportchilar 31-iyul kuni C finalida startga chiqadigan bo’lishdi.
Afsuski, qilichboz Zaynab Dayibekova va Suzish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ilya Sibirsev uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari nihoyasiga yetdi.
Avvalroq, 29-iyul kuni 8 nafar o’zbekistonlik sportchi saralash musobaqalarida ishtirok etishi haqida yozgan edik.
Sharhlar