Bugun Olimpiya o‘yinlarida 4 nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashadi

Foto: MOQ

Bugun Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari doirasida O‘zbekiston delegatsiyasining 4 nafar sportchisi ishtirok etadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Xususan, Toshkent vaqti bilan 14:30 da Aram Vardanyan (-77 kg) va Rustam Assakalov (-97 kg) yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashadi. Xuddi shu vaqtda Aktenge Keunimjayeva (-50 kg) ayollar kurashi musobaqasida qatnashadi.

00:30 da esa Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev boks musobaqalarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.