40 bosh sa’vani fuqaro egnidagi kiyimining ichiga yashirincha olib o‘tishga uringan

Foto: VIDEODAN QIRQIB OLINGAN

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona post orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelayotgan fuqaro xatti-harakatlari bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi.

O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan, shaxs egnidagi kiyimining ichiga 40 bosh sa’va qushlari yashirilganligi fosh etildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.