400 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi
Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi tomonidan YHXB xodimlari bilan hamkorlikda “Umakay” YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Qarshi-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib ko‘zdan kechirilganda fuqaro J.Ch. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qoramol go‘shtini o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, jami 400 kg. go‘sht ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar