O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar soni qariyb 42 mingtaga yetdi
Respublikamizda ko‘p qavatli uylar soni qariyb 42 mingga yetgan bo‘lib, ularning 92 foiziga 821 dan ortiq boshqaruv tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.
2024-yil davomida respublikadagi boshqaruv tashkilotlarining qariyb 60 mlrd so‘m mablag‘lari hisobidan 2 888 ta ko‘p kvartirali uyni ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi hamda uning doirasida 2 283 ta ko‘p kartirali uylarda ta’mirlash ishlari yakunlandi.
Shundan, 934 ta uylarning tom qismida mukammal va joriy, 1 246 ta kirish yo‘laklarida, 1085 ta uyning yerto‘la va uy ichki muhandislik-kommunikatsiyalarida ta’mirlash ishlari olib borildi.
Kirish yo‘laklariga 270 ta kodli temir eshiklar o‘rnatildi va 4 851 ta energiya tejamkor sensorli lampalar o‘rnatildi.
Bundan tashqari 54 mingdan ortiq elektr taqsimlovchi shitlar joriy va mukammal ta’mirlandi.
Sharhlar