43 882 nafar talaba o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadi

Фото: Samdu

2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etildi. Bu haqida Bilimni baholash agentligi xabar bermoqda.

Shundan:

  • respublikadagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan – 33 255 nafar;
  • xorijiy OTMlarning respublikadagi filiallaridan – 657 nafar;
  • xorijiy davlatlarning OTMlaridan – 9 970 nafar.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining o‘tkazilish sanasi va talabgorlar uchun ruxsatnomalarni berish muddatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.