45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi!

Foto: Sport vazirligi

Olimpiodaga O‘zbekiston amaldagi chempion sifatida qatnashadi.

11-sentyabrdan 22-sentyabrga qadar Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Joriy yilda Open dasturida 193 ta, ayollar o‘rtasida esa 181 ta jamoa qatnashadi.

O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi tarkibda qatnashadi:

Erkaklar terma jamoasi:

  • Nodirbek Abdusattorov
  • Javohir Sindarov
  • Nodirbek Yakubboyev
  • Shamsiddin Vohidov
  • Jahongir Vahidov


Qizlar terma jamoasi:

  • Afruza Hamdamova
  • Nilufar Yakubboyeva
  • Umida Omonova
  • Marjona Malikova
  • Nodira Nodirjonova

Yigitlarimizga 1-turda Trinidad va Tobago terma jamoasi raqib bo‘lsa, qizlarimiz Gaiti bilan kuch sinashadi.

Musobaqa jami shveytsarcha formatda 11 ta turdan iborat bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki, Hindistonda bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi chempion bo‘lgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.